Suv osti sporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suv osti sporti - turli masofaga tez suzish, shoʻngʻish, moʻljal olish, turizm va maxsus anjomlar (akvalang, maska, last)dan foydalanib suv ostida ov qilish. Bu sport turi qadim zamonlardan maʼlum boʻlib, suv ostida turli musobaqalar oʻtkazilgan, shuningdek, suvga shoʻngʻib suv ostidan marvarid, choʻkkan kemalardan buyumlar olib chiqishda qoʻl kelgan.

1959-yil Monakoda Suv ostida suzish sporti xalqaro federatsiyasi tashkil etildi. 1957-yil suv ostida ov qilish boʻyicha jahon va Yevropa chempionati oʻtkazildi. 1967-yildan suv ostida moʻljal olish va suv ostida last bilan suzish, 1968-yildan suv ostida suzish boʻyicha Yevropa, 1976-yildan jahon chempionati oʻtkazila boshlandi. Suv ostida last bilan suzish 100, 200, 400, 800, 1500 m, 4x100, 4x200 m ga suv havzasi (basseyn)da oʻtkaziladi. 1500 m ga suzish esa ochiq suv havzalarida tashkil qilinadi. Suv ostida suzish boʻyicha musobaka 50 m ga anjomsiz va 100, 400, 800 m ga shoʻngʻish anjomlaridan foydalangan holda oʻtkaziladi.

Suv osti sportis. suv ostida kino va surat olish; ilmiy tadqiqotlar qilish; harbiy ishlar va shu kabini bajarishda amaliy ahamiyatga ega.