Suv moshaklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suv moshaklar (Rallidae) - suv moshaksimonlr turkumiga mansub qushlar oilasi. Suv havzalarida hamda botqokliklarda yashaydi. Ogʻirligi 20—30 g dan 1,5—2,5 kg gacha. Patlari koʻproq qizgʻishjigarrang, ayrimlari qora yoki koʻk yashil rangda. Asosan, tunda faol gʻayot kechiradi. 150 ga yaqin turi bor. Yer yuzasining derli hamma hududlarida tarqalgan. Har xil tovush chiqaradi. Koʻpincha uyasini suvga yaqin joyga quradi. 3—15 ta tuxum qoʻyib, 20 kunga yaqin bosadi. Bolalari 2—3 kunligidayoq uyasini tashlab ketadi. Joʻjalarni bir necha kun ota-onasi boqadi. S. umurtqasiz hayvonlar va oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda 7 turi: qashqaldoq, gʻozqanjir, oddiy suv moshak, tartar, oddiy pogonish, mitti pogonish, kichik pogonish tarqalgan. Goʻshti mazali. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil kitobiga 16 tur va kenja turlari kiritilgan.