Suv hovuzi
Qiyofa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Suv hovuzi — Kattaqoʻrgʻon tuman"idagi shaharcha (1947-yildan). Tumanning jan.da, Kattaqoʻrgʻon shahridan 5 km, tuman markazi (Payshanba)dan 15 km uzoqlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — "Kattakoʻrgʻon" (5 km). Aholisi 5,9 ming kishi (2000). Aholining asosiy qismi Kattaqoʻrgʻon suv ombori bilan bogʻliq suv xoʻjapigi tashkilotlarida ishlaydi. Shaharchada 2 umumiy taʼlim maktabi (1100 dan ziyod oʻquvchi), kutubxona, klub, tikuvchilik sexi, kasalxona (20 oʻrin), feldsherakusherlik punkti, dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |