Suttikan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Suttikan, choyyaproq (Lactuca tatarica (L.) S.A. Meu) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik bachki ildizli begona oʻt. Poyasi tik usadi, sershox, boʻyi 30—80 sm. Poyasi sindirilganda sutsimon shira chiqadi. Barglari ketma-ket joylashgan, ostkilari patsimon kesilgan, yuqoridagilari nashtarsimon. Gullari havorang savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi oson toʻkiladigan urugʻcha. Iyulsent.da gullab, mevalaydi. Ildizi 5 m gacha chuqurlikka kiradi, 1 m chukurlikda vegetativ novdalar paydo qiladi. Bir tupi 5ming urugʻ beradi. Urugʻidan, ildiz bachkilaridan koʻpayadi. Qurgʻoqchilikka, shoʻrga chidamli. Sugoriladigan va chopiq kilinadigan ekinlar orasida uchraydi. Tashlandiq yerlar, ariq boʻylari, bogʻ, poliz ekinlari, uzumzorlarda usadi.

Kurash choralari: yerni kuzda chuqur haydash; ekinzorlarda kultivatsiya oʻtkaziladi, gerbitsidlar purkaladi.