Sut kislotali bakteriyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sut kislotali bakteriyalar (Lactobacterium) — sut kislotali bijgʻishni paydo qiladigan grammusbat tayoqchalar va kokklar. Sut kislotali bakteriyalarb. uglevodlarni sut kislotagacha bijgitadi; spora hosil qilmaydi, sut, sut mahsulotlari, oʻsimliklar, oʻsimlik qoldiklari, odam va hayvonlar ichagida uchraydi. Gomofermentativ Sut kislotali bakteriyalarb. kandni parchalab, asosan, sut kislotasi hosil qiladi, ulardan qatiq mahsulotlari tayyorlashda, sanoat mikiyosida sut kislotasi olishda foydalaniladi. Geteroferment Sut kislotali bakteriyalarb. uglevodlarni sut kislota, sirka kislota SO2 baʼzan etanolgacha parchalaydi. Yemxashaklarni siloslash, karamni tuzlashda ishtirok etadi. Sut kislotali bakteriyalardan sunʼiy qon plazmasi tayyorlash uchun zarur boʻladigan dekstranlar olishda foydalaniladi.