Susima oqimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Susima oqimi - Yapon dengizidagi iliq yuza oqim, Kurosio oqimining gʻarbiy tarmogʻi. Yaponiya qirgʻoqlari boʻylab, jan.dan shim. tomon harakatlanadi. Susima oqimi taʼsirida Yapon dengizining sharqiy qismi suv temperaturasi (gʻarbiy qismiga nisbatan) qishda 5— 6° ga, yezda 1—3° ga koʻtariladi. Tezligi soatiga 1 km.