Kontent qismiga oʻtish

Susanne Abbuehl

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Syuzan Abbuehl (1970-yil 30-iyul) — shveytsariyalik/gollandiyalik jazz qoʻshiqchisi va bastakor.

Abbuehl yoshligida jazz va klassik musiqani eshittib katta boʻlgan, chunki uning ota-onasi musiqa ishqibozlari boʻlgan va uni tez-tez konsertlarga olib borishgan [1].Bolaligida u barokko musiqasini chalib, klavesinda (fartepyanaga oʻxshagan asbob) saboq olgan[1] U 17 yoshida Los-Anjelesga koʻchib kelganidan soʻng pianino darslarini olishni boshlagan [1][2].. U oʻrta maktabda oʻqib yurgan kezlarida AQSh va Kanadaga ansambl tarkibida gastrolga borgan edi. U Gaaga Qirollik konservatoriyasida tahsil oldi [2], Niderlandiya Janna Li [1][3] va Reychel Gould bilan birga ijrochilik va pedagogika boʻyicha magistrlik darajasiga erishdi. U Mumbaylik hind klassik qo‘shiqchisi Prabha Atre [1] ga shogirdi qildi. Abbuehl golland bastakori Diderik Vagenardan kompozitsiyani oʻrgangan. Ijodining dastlabki davrida Abbuehl pianinochi Volfert Brederode, barabanchi Samuel Rorer va klarnetchi Kristof Mey bilan, keyinroq flugelhornchi Matti Mishel va perkussiyachi Olavi Louxivuori bilan ishlagan. U Kassandra Uilson, Shirli Xorn va Xelen Merrillni ta'sirida musiqa olamiga kirib keldi [1].

Uning Aprel albomi ( ECM, 2001) [3] EE Kammingsning she'rlariga vokallarni oʻz ichiga oladi [1]. Albom Edison mukofotiga sazovor boʻldi, Grammyning Gollandiya versiyasi. Oʻzining "Sovgʻa" albomi uchun u Emili Bronte, Emili Dikkinson, Sara Teasdeyl va Uolles Stivensning soʻzlaridan ilhomlanib musiqa bastalagan[4].

U boshqa jazz musiqachilari va guruhi bilan Yevropa, Shimoliy Amerika va Afrika mamlakatlarida gastrollarda boʻldi, Monreal, Maputo, Keyptaun, Rim, Parij, Tsyurix, Oslo va boshqa Yevropa shaharlarida konsert berdi.

2006-yil may oyida uning Compass albomi ECM( Mishel Portal bilan) tomonidan chiqarildi . 2013-yilda uning Der Gaukler Tag radio spektakli Prix Marulic mukofotiga nomzod etib koʻsatildi. Uning ijodida mumtoz musiqa ta'sirini sezilardi. Uning badiiy oʻziga xosligi minimal asboblar va aranjirovkalar bilan ajralib turadi va uni jazzning maxsus usuli deb ta'riflash mumkin.

Abbuehl Luzern amaliy fanlar va san'at universiteti, shuningdek, HEMU Lozannada jazz ovozi va ansambli professori darajasiga ega. 2020-yildan 2022-yilgacha Qirollik oʻquv dargohida konservatoriyasining jazz boʻlimi boshligʻi boʻlganidan soʻng, u Hochschule für Musik Bazelda jazz boʻlimiga rahbarlik qildi. U butun Yevropada mahorat darslarini tashkil etdi.

  • Men atirgulman (Evoke, 1997)
  • Aprel (ECM, 2001)
  • Ida Lupino (Radio Nederland, 2002)
  • Kompas (ECM, 2006)
  • Sovgʻa (ECM, 2013)

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1 2 3 4 5 6 7 Yanow, Scott. The Jazz Singers. Milwaukee, WI: Backbeat, 2008 — 1-bet. ISBN 978-0-87930-825-4. 
  2. 1 2 Demalon. „Susanne Abbuehl“. AllMusic. Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
  3. 1 2 Astarita. „April: Review“. Allmusic. Qaraldi: 2011-yil 12-fevral.
  4. ↑ Kelman. „Susanne Abbuehl: The Gift album review @ All About Jazz“ (en). All About Jazz (2013-yil 14-iyun). Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.