Surxondaryo qoʻgʻirchoq teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Surxondaryo qoʻgʻirchoq teatri — 2001-yil 26-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbeksitonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonni amalga oshirish masalalari haqidagi qaror doirasida tashkil etilgan[1].

Surxondaryo qo'g'irchoq teatri

Teatr „Tuyaqushboyoqush“ (P. Moʻmin) spektakli bilan ochilgan (2002). 240 oʻrinli zaliga ega. „Doʻstlar“ (A. Jamol), „Oʻrmonda yangi yil“, „Abdulla quvnoq hangomalari“ (T. Qobilov), „Yalmogʻizga alla — quyonvoyga tilla“ (3. Shamsutdinova sheʼrlari asosida) kabi spektakllar sahnalashtirildi. Teatr foyesida rassom Roʻzi Choriyev rasmlari galereyasi joylashgan boʻlib, rassomning portret, peyzaj janrlariga mansub jami 55 asari qoʻyilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]