Surapati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Surapati (Surapati) (? 1706) - Indoneziya milliy qahramoni, Yava o.da golland mustamlakachilariga karshi harakat rahbari (17-asrning 80y.lari — 18-asrning boshlari). Jakartadagi bir golland savdogarining quli boʻlgan. Gʻarbiy Yavaga qochib, gollandlarga qarshi kurashayotgan partizan otryadlaridan birining komandiri boʻlgan, keyinchalik, Gollandiya OstIndiya kompaniyasida xizmat qilgan. Golland ofitserlarining tahqiriga chidamay, oʻrmonga qochgan. Mataram sultoni xizmatiga kirgan (1685) va poytaxt Kartasurgaga uni qoʻlga tushirish uchun kelgan golland otryadi ustidan gʻalaba qozongan. Shundan keyin Sharqiy Yavada mustaqil davlat tuzgan. 1705-yilda gollandlarga karshi urushda ishtirok etgan. 1706-yil kattiq yaralanib, vafot etgan. Bangil qalʼasini mudofaa qilishda S.ning oʻgʻillari gollandlarga karshi kurashganlar (1719-yilgacha). Davlat barham topgach, S. avlodlari Sharqiy Yavada 18-asrning 60y.larigacha partizanlik kurashini davom ettirishgan.