Suprematizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Suprematizm (lot. sypremus — eng yuqori, oliy) — 20-a. boshlarida shakllangan avangard sanʼat yoʻnalishi. Abstrakt sanʼat turi sifatida asarlari tasviriylikdan holi, turli rang va turli hajmdagi sodda handasiy shakllar (toʻrtburchak, uchburchak, yoʻlsimon chiziq va boshqalar)ning asimmetrik uygʻunlashuvidan hosil boʻladi. Asoschisi K.S.Malevich; V. Kandinskiy, P. Sezann taʼsirida xandasiy abstrakt izlanishlarni birlashtirishga harakat qildi ("Qora kvadrat", "Dinamik suprematizm", 1914 va boshqalar). S. vakillari asimmetrik kompozitsiyalarda rangli, handasiy shakllarning tartibi va joylashuvi orqali asarlarning ichki harakatini koʻrsatishga intildi.