Sunnatulla Soipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sunnatulla Soipov-Sharqshunos-filolog-eronshunos, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1967-yil Jizzax shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1994-yil bitiruvchisi.

1985 – 1986-yillarda Afgʻonistonda muddatli harbiy xizmat; 1988-yil ToshDU qoshidagi tayyorlov boʻlimi tinglovchisi; 1989 – 1994-yillar ToshDU Sharq fakulteti talabasi; 1994-yildan JDPI “Oʻzbek tili” kafedrasida fors tili oʻqituvchisi, katta oʻqituvchi (1996).

Ilmiy yoʻnalishi – Oʻzbek mumtoz adabiyoti. 10 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha resp. ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. Afgʻoniistondagi internatsional xizmati uchun “Qizil yulduz” ordeni bilan mukofotlangan.

Asosiy ilmiy ishlari:

Nomz. diss. mavzusi: “Sobir Sayqaliyning «Qissai Sayqaliy” asari va uning qiyosiy-tekstologik tadqiqi». – T., 1998.

1. Sobir Sayqaliyning “Qissai Sayqaliy” asari va uning oʻrganilish tarixidan //Adabiyot koʻzgusi. Toshkent, 2002. – №7. – B.54 – 64.

2. “Qissai Sayqaliy” dostoni qoʻlyozmalari haqida // Oʻzbek tili va adabiyoti jurnali. – Toshkent, 2003. – №6. – B.65 – 67.

3. Paygʻambarlar haqida doston //Adabiyot koʻzgusi. – Toshkent, 2004. №7. – B.34 – 36.

4. “Qissai Sayqaliy” asari va uning manbalari // Til va adabiyot taʼlimi. – Toshkent, 2005. – №6. – B.71 – 74.

5. “Qissai Sayqaliy” dostoni haqida // Oʻzbek tili va adabiyoti.  – Toshkent, 2005. – №6. – B.86 – 88.

6. Sobir Sayqaliy va uning “Qissai Sayqaliy” dostoni badiiyati haqida ayrim mulohazalar // Ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi. – Samarqand: SamDU, 2005. –№6. –B.59 – 62.

7. “Qissai Sayqaliy” asarida shoir tili va badiiy mahorat // Oʻzbek tilshunosligining dolzarb masalalari: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent: TDPU, 2004. – B.45 – 48.

8. Talaba yoshlarning ilmiy va maʼnaviy bilimlarini oshirishda Sobir Sayqaliy ijodining ahamiyati // Yoshlar ongiga milliy istiqlol gʻoyasini singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning vazifalari. Abdulla Qodiriy nomidagi JDPI, 2006. – B.227 – 230.

9. “Qissai Sayqaliy” dostoni qoʻlyozma nusxalari haqida baʼzi mulohazalar // Umumfilologik tadqiqotlar: Professor Bozorboy Oʻrinboyev tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Jizzax: JDPI, 2006. - B.85 – 88.