Sungari
Qiyofa
| Sungari | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | 1 434 |
| Suv sarfi | 2 470 m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Xitoy |
| Sungari | |
Sungari yoki Songhua — Xitoyning shim.sharqiy qismidagi daryo, Amur daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 1870 km, havzasining maydoni 524 ming km². Chanbayshan yassitogʻligidan boshlanib, ManchjuriyaKoreya togʻlari, Sunlyao va Sanszyan tekisligidan oqadi. Asosan, yomgʻirdan toʻyinadi. Bahor va yozda toʻlib oqadi, kuchli toshqinlar boʻlib turadi. Oʻrtacha suv sarfi 2500 m³/sek. noyabrdan aprelgacha muzlaydi. Girin shahrigacha kema qatnaydi. Yuqori qismida GES va suv omborlari qurilgan. S. vodiysida aholi zich yashaydi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |