Sunani Dorimiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
سنن الدارمي
Asosiy maʼlumotlar
Janr Hadis to‘plami
Muallif Imom Dorimiy
Orginal tili Arab

Abdulloh ibn Abdurrahmon al-Dorimiyning (hijriy 181-255) “Sunani Dorimiy” (arab. سنن الدارمي) yoki “Musnadi Dorimiy” (arab. مسند الدارمي) kitobi “al-Kutub as-Sitta”, “al-Muvatto” va Imom AhmadningMusnad”i qatorida ahli sunna olimlari tarafidan eng mo‘tabar deb hisoblangan to‘qqiz kitobdan biri sanaladi[1].

“Musnad” deb atalishiga qaramay, bu kittob boshqa musnadlar - Tayolisiy yoki Ibn Hanbal musnadlari singari roviylarga koʻra tartibga solinmagan. Aksincha, Ibn Mojaning “Sunan”iga o‘xshab mavzular bo‘yicha tartiblangan.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktaba Shomilaning ma’lumotlariga ko’ra, asarda uch yarim mingdan ortiq (aniqrogʻi 3833 ta) hadis mavjud[2]. Hadislar mavzularga koʻra tartibga solingan. Sunandagi hadislarning aksariyati sahih, bir qismi esa zaifdir[3][4].

Naql qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dorimiy bu hadislarni Iso ibn Umar as-Samarqandiyga naql qilgan (uning vafot sanasi noma’lum, lekin taxminan hijriy 293-yildan keyin vafot etgan). Shundan so‘ng kitob quyidagi olimlarga o‘tgan:

• Abdulloh ibn Ahmad ibn Hamaviya as-Sarxosiy (293-381 hijriy)

• Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Muzaffar ad-Dovudiy “Jamolul-islom” (374–467 hijriy).

• Abul-Vaqt Abdulavval ibn Iso ibn Shuayb as-Sijizziy (458-553 hijriy).

Nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Husayn Salim Asad tahriri. Dorul-Mug’niy. 1420 hijriy/2000-yil. • Al-Musnad al-Jome’ - Sunan al-Dorimiy (المُسْنَد الجَامِع المعروف سُنَن الدَّارِمِي) Imom Abu Muhammad al-Dorimiy. Nashriyot: Muassa ar-Risola. Bayrut, Livan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]