Sultonhovuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sultonhovuz - Mirzachoʻldagi oqmas koʻl. Sirdaryoning chap sohilida. Daryoning koʻhna qayiri (terrasasi)da joylashgan, yarimoy shaklida. Uning sharqiy sohili ancha yotiq va qayirga astasekin tutashib ketadi, qolgan sogʻillari esa lyossdan iborat, nisbatan baland (bal. 20 m dan ortiq). Koʻlning uz. 5 km, eni 1—2 km, chuqurligi oʻrtacha 1—3 m. Sirdaryoning qad. qoldiq oʻzani. Koʻl atrofidan sizib keladigan shoʻr yer osti suvi va partov suv hisobiga toʻyinadi. Bahor va yozda toʻlib, kuzda ancha sayozlanadi. Suvi shoʻrroq, 1 l suvda 5—8 g tuz bor (asosan, gidrokarbonatsulfat tuzlari); baʼzan suv kam boʻlgan vaqtlarda kuchli bugʻlanish natijasida suvda xlorid tuzlari toʻplanadi. Shuning uchun ham koʻl qirgʻoqlari botqokli shoʻrxokdan iborat. Yuzasi qamish va qoʻgʻalar bilan qoplangan. Koʻlda ondatra va nutriya boqiladi.