Sulton ahmad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sulton ahmad (? 1410) - Jaloyiriylar davlati hukmdori (1382— 1410). Shayx Uvays I Jaloyiriyning oʻgʻli. S.A. Ozarbayjon va Iroqda hukmdorlik qilgan. Amir Temur Bagʻdodni zabt etgach (1393), S.A. Misrga mamluk sultoni Barquq (1382—99) xuzuriga qochgan. Shundan soʻng u oʻz yerlarini gohida zabt etib, gohida qoʻddan chiqargan. 1394 y. Amir Temur 2marotaba Bagʻdodni egallaganda u yana qochgan. Biroq Shom (Suriya)da hibsga olinib, 1405 y. Amir Temur vafotidan keyingina ozod etilgan. 1406 y. qaytadan Bagʻdodda hukmronlik qilayotgan paytda turkman Qora Yusuf bilan uning orasida nizo chiqib, keyinroq urushga aylangan. Natijada, 1410 yilda Tabriz ostonasidagi jangda halok boʻlgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996.