Sulton Dolimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sultonbek Aminovich Dolimov (1915.5.5 — Toshkent — 1992.12.11) — topograf anatom, xirurg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1962), tibbiyot fanlari doktori (1969), professor (1969). Tosh MI ni tugatgan (1937), Surxondaryo viloyati kasalxonasining bosh vrachi va xirurg (1937—39). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. ToshMI operativ xirurgiya kafedrasi dotsenti (1948—69), professor, ayni vaqtda oʻquv ishlari (1962—65) va davolash ishlari (1967— 72) buyicha prorektor, 1972 yildan Oʻrta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti (xoz. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti) prorektori. Surunkali meʼda yarasining modeli va morfologiyasi ustida tadqiqot olib borgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil