Kontent qismiga oʻtish

Sulfitometr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sulfitometr — suyuq sulfit angidridni oʻlchash (dozalash) uchun ishlatiladigan asbob. Bronza korpus, joʻmraklar va shkalali shisha silindrdan iborat. S. shkalasi grammlarni koʻrsatadi. Sulfit angidridni oʻlchash uchun S. sulfit angidridli ballonga tutashtiriladi va joʻmrak 2 ochiladi. Suyuk,likning tushishi joʻmrak 1 bilan rostlabturiladi. S. keragicha toʻlgach, joʻmrak 2 berkitiladi va S. ballondan ajratiladi. Sulfit angidridni suyuq holatda ishlatish uchun uni joʻmrak 3, gaz holatda ishlatish uchun joʻmrak 1 orqali olinadi. S. vino va konserva sanoatida ishlatiladi.