Sulaymonshoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sulaymonshoh - bahodir Amir Temurning sarkardalaridan biri, amir. Dovudbekning oʻgʻli. Amir Husayn bilan kurashida Sohibqironga yaqindan yordam bergan. Navqat (Kesh va Nasaf orasidagi qad. shahar) yaqinidagi Jeta lashkari (5000 kishi) bilan boʻlgan zafarli jangda (1366) S. Sohibqiron qoʻshinida (600 kishi) boʻlgan. Amir Temurning Eronga qilgan 3 yillik urushida (1386—88) Abbos bahodir bilan Movarounnahrni himoya qilish uchun qoldirilgan. Toʻxtamish Amir Temurning safardaligidan foydalanib, Movarounnahrga chopqun qilib Samarqand viloyatini talontoroj qilgan chogʻda (1388) S. bahodir va Abbos baxrdir Samarqand shahrini mudofaasiga bosh boʻlganlar. Toʻxtamish va Qamariddinga qarshi yurishlarda ishtirok etgan. Yodgor barlos, Shamsuddin Abbos va Gʻiyosiddin Tarxonlar bilan Turkistonda turgan qoʻshinni boshqargan va Sohibqironning amriga koʻra, Moʻgʻulistonga chopqun qilib koʻp oʻljalarni qoʻlga kiritgan (1388 —90). 1391 y. Toʻxtamishga qarshi yurishda Sulton Mahmudxon bilan tumanga boshchilik qilgan. 1394 y. Ulugʻbek tugʻilgan davrda Samarqand hokimi edi, Shohruxni peshkash bilan kutib olgan. Amir Temur Xurosonni Shohruxga berganida S.ni ham uning mulozamatiga bergan (1397). Sohibqironning Boyazid I ga qarshi yurishida ishtirok etgan amirzodalar Shohrux, Sulton Husaynlar bilan birga qora tatarlarni Rumdan koʻchirishga rahbarlik qilgan, Koʻpak turkmanga qarshi yurishda shijoat koʻrsatgan. Anqara jangida qoʻshinning soʻl qanot amirlaridan boʻlgan.