Sulaymon mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulaymon mirzo (15141590, Lohur) — Badaxshon xoni (1526-yildan). Temuriylardan. Sulton Vays Mirzo (Mirzoxon) (1485 —1526)ning oʻgʻli. Bobur u ni otasi vafotidan soʻng hokim qilib tayinlaydi. Humoyun davrida ham Badaxshonni boshqargan. S.M. tabiatan xushfeʼl, hazilmutoyibaga moyil kishi boʻlgan. "Zukko" taxallusi bilan fors va turk tillarida gʻazallar yozgan.

S.M.ning Haram begim ismli xotini davlat ishlarida unga maslahatchi boʻlgan. S.M. oʻgʻli Ibrohim Mirzo bilan Badaxshonni boshqargan. Humoyunshoh vafotini eshitgach, oʻgʻli bilan 1556-yil Kobulni bosib olish maqsadida qoʻshin tortib, shaharni 4 oy qamal qilgan. Biroq Akbar Kobul hukmdori boʻlgan ukasi Muhammad Hasan Mirzoga yordamga bir necha sarkardalarini yuborgan. S.M. bundan xabardor boʻlgach, Badaxshonga qaytgan. 1559-yil Balxni egallash uchun yurish boshlagan, lekin magʻlub boʻlib, jangda oʻgʻli Ibrohim Mirzo asirga olinib, qatl qilingan. S. M. Kobulga 4 marta samarasiz yurish qilgan. Uzoq yillar Qunduz viloyatidagi isyonni bostirish uchun kurash olib borgan. Davlat 2 ga boʻlinganligi, nevarasi (Shohrux Mirzo)ga qarshi kurashmoqqa qurbi yetmasligini bilgach, muqaddas joylarni ziyorat qilish bahonasida (1575-yil) Badaxshonni Shohruh Mirzoga tashlab ketadi. Makkada 5 yil turadi. Qaytib kelgandan keyin ham bobo bilan nevara oʻrtasida kurash davom etgan. S. M. kuyovi Muhammad Hakim Mirzo bilan 2 yil davomida jang qilgan, natijada 1580-yilda sulh tuzilib, Toliqondan Hindukushgacha boʻlgan yerlar S.M. tasarrufiga kirgan. Badaxshonda yana qoʻsh hokimiyat vujudga kelgan. Har 2 tomonning kuchsizlanishidan foydalangan Buxoro xoni Abdullaxon II Badaxshonga hujum qilib uni zabt etgan. S.M. va Shohrux Mirzo Akbar huzuriga, Agraga ketishgan.

Ad. Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995; M uham madjono v A., Temur va temuriylar saltanati, T., 1994.