Sulaymon Shodmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sulaymon Nurillayevich Shodmonov (1938.15.9, Buxoro) — dirijyor, Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Toshkent konservatoriyasini xor dirijyorligi (1960) hamda operasimfonik dirijyorligi (1975) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. Navoiy teatrida xormeyster (1960—66), bosh xormeyster (1966-80), Leningrad opera va balet teatrida dirijyor-stajer (1980—82), Toshkent operetta teatrida dirijyor (1982—91), Navoiy teatrida bosh xormeyster va dirijyor (1991 yildan). Musiqali teatr sahnasida bir necha operetta ("Bayadera", I.Kalman; "Gusar uylanishi", G.Gladkov va boshqalar), oʻzbek ("Buyuk Temur", A.Ikromov; "AlFargʻoniy", M.Bafoyev; "Soʻgʻd elining qoploni", Ik. Akbarov) hamda Yevropa mumtoz ("Lyuchiya di Lammermur", "Tungi qoʻngʻiroqcha", G.Donitsetti; Oʻzbekistonda ilk marta) operalarini dirijyor sifatida sahnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil