Sulaymon Qosimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Sulaymon Qosimov (1909.6.1, Sariosiyo tumani – 1976.28.8, Fargona) — aktyor, rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1944). 1930-yil Margʻilondagi "Qizil sanʼat" toʻgaragini boshlovchilaridan (bu toʻgarak keyinchalik 1931-yil Margʻilon shahar teatriga aylangan). Bu teatrda Temurxoʻja ("Loyqalar"), Eshon ("Hujum"), Meli ("Oʻrtoqlar"), Raim yamoqchi ("Halima"), Kalaf ("Malikai Turandot") kabi obrazlar yaratgan. Qoʻqon teatrida (1933 — 34), Fargʻona teatrida (1934—65) akter, rejissyor, bosh rejissyor, direktor, Fargʻona viloyat sanʼat boshqarmasi boshligi (1943—48). Hokim ("Boy ila xizmatchi"), Flarendo ("Ikki boyga bir malay"), Sulaymon ("Arshin mol olon"), Berest ("Platon Krechet"), Rustam kabi rollari bilan tanilgan. "Layli va Majnun". "Shohsanam", "Nodira", "Oʻlim bosqipchilarga". "Uygʻonish" va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil