Kontent qismiga oʻtish

Suiqasd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suiqasd — keng maʼnoda — jinoyat sodir qilish bosqichlaridan biri; aybdorga bogʻliq boʻlmagan sabablar bilan oxiriga yetkazilmagan, qasddan qilingan harakat. Aybdor oʻz maqsadini qanchalik amalga oshirganligiga qarab suiqasd tugallangan va tugallanmagan suiqasdga boʻlinadi. Jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jinoiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi JK[1] ning 25-moddasiga havola etilib, ushbu Kodeksning tamom boʻlgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi.

Tor maʼnoda — biron kimsani yoʻq qilish, oʻldirish uchun qilingan harakat tushuniladi. Shuningdek, oʻz joniga suiqasd qilish maʼnosida ham keladi. Suiqasd islomda qattiq qoralanadi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisga koʻra, ikki musulmon bir-biriga qilich solsa, oʻlgan ham, oʻldirgan ham qattiq gunohkor boʻlishi, oʻldirilgan odam suiqasd qilgani tufayli gunohda qotil bilan barobar boʻlishi taʼkidlangan.

  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI“. Lex.uz. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.