Kontent qismiga oʻtish

Suhor aeroporti

Koordinatalari: 24°23′10″N 56°37′32″E / 24.38611°N 56.62556°E / 24.38611; 56.62556
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suhor xalqaro aeroporti
مطار صحار الدولي
IATA kodi: OHSICAO kodi: OOSH
Qisqacha bayon
Aeroport turi harbiy, fuqarolik
Egasi Ummon
Operator Oman Airports Management Company S.A.O.C.
Xizmat doirasi Suhor, Botina, Ummon Sultonligi
Dengiz sathidan balandligi 144 ft / 44 m
Koordinatalari 24°23′10″N 56°37′32″E / 24.38611°N 56.62556°E / 24.38611; 56.62556
Vebsayti https://www.suharairport.co.om
Xarita
OHS (Ummon)
OHS
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
15/33 4 000 13 173 asfalt-beton
GCM[1] Google Maps[2]

Suhor xalqaro aeroporti (IATA: OHSICAO: OOSH) – Ummon Sultonligining al-Botina viloyati Suhor hududida joylashgan xalqaro aeroport. Suhor Ummon qoʻltigʻidagi qirgʻoq shahar hisoblanadi.

Aeroport qirgʻoqdan 7 kilometr (4 mi) ichkarida joylashgan. Uchish-qoʻnish yoʻlagining uzunligi 120 metr (390 ft). Fujayra VOR-DME aeroporti (Identifikator: FJR) Suhor xalqaro aeroportidan 45.5 nautical mile (84 km) shimoliy – shimoli-gʻarbiy hududda joylashgan[3].

Aeroport uchta paketda qurilgan. 1-paketga saytni tayyorlash, 2-paketga infratuzilma ishlari, 3-paketga aeroport inshootlari qurilishi kiradi[4]. Aeroportning qurilishiga 100 million rial sarf qilingan.

Vaqtinchalik aeroport 2014-yilning 18-noyabrida yoʻlovchi terminali qurilishi tugatilishidan oldin ochilgan. Suhor aeroporti 2014-yil noyabr oyida 44-Milliy bayramni nishonlash doirasida Transport va kommunikatsiyalar vaziri doktor Ahmad ibn Muhammad ibn Salim al-Futaysiy tomonidan ochib berilgan. Oman Air aviakompaniyasi rasmiy ochilish munosabati bilan ilk reysni amalga oshirgan. 2017-yil 9-iyulda Air Arabia aviakompaniyasi Suhor aeroportiga, shuningdek, aeroportdan boshqa davlatlarga xalqaro parvozlarni amalga oshira boshlagan[5].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aviakompaniya Manzillar
Air Arabia Sharja[6]
  1. Aeroport haqida Sohar Airport Great Circle Mapper'da.
  2. „Sohar International Airport“. Google Maps. Qaraldi: 2019-yil 30-yanvar.
  3. „Fujairah VOR“. Our Airports. Qaraldi: 2019-yil 30-yanvar.
  4. „Sohar Airport in Oman“. Qaraldi: 2018-yil 5-yanvar.
  5. „Sohar Airport emerges third hub for international airlines operating in Oman“. 2018-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-yanvar.
  6. „Air Arabia Resumes Sharjah – Suhor Service From late-Jan 2024“. AeroRoutes. Qaraldi: 2024-yil 18-yanvar.