Kontent qismiga oʻtish

Sugʻd viloyati tarix muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sugʻd viloyati tarix muzeyi
Asos solingan sanasi 2006-yil
Ochilgan sanasi 2007-yil mart
Yoʻnalishi tarix
Manzili Xoʻjand, Tojikiston
Sugʻd viloyati tarix muzeyi

Sugʻd viloyati tarix muzeyi – Tojikistonning ikkinchi yirik shahri va mamlakatning eng shimoliy viloyati – Sugʻd viloyatining markazi Xoʻjand shahridagi mintaqaviy tarix muzeyi. Muzey 1999-yilda rekonstruksiya qilingan Xoʻjand qalʼasida eski shahar devorining janubi-sharqiy burchagida qurilgan[1][2]. Eski shaharning shimoliy tomonida Sirdaryo oqib oʻtadi, bu daryo boʻylab sayyohlar piyoda yoki gondolda oʻtishlari mumkin.

Muzey 2006-yilda Tojikistondagi eng qadimiy muzey – Sugʻd viloyati tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi negizida tashkil etilgan.

Xoʻjandda oʻlkashunoslik muzeyi 1931-yilda, Dushanbedagi milliy muzeydan uch yil oldin tashkil etilgan[3].

1980-yillarda muzey XX asr boshlariga oid meʼmoriy yodgorlik hisoblangan Masjidi Jomiy masjidi majmuasining bir qismida joylashgan edi. 1990-yillar oxirida majmuaning bu qismi shahar musulmonlar jamoasiga oʻtkazildi. Muzey uchun yangi bino 2003—2006-yillarda shaharning tarixiy markazidagi qadimiy qal’a oʻrnida qurilgan. Qurilishga 3 800 000 somoniy mablagʻ sarflangan boʻlib, shundan 500 000 mamlakat Prezidenti gʻaznasidan ajratilgan[4]. Muzeyning yangi koʻrgazmalari 2007-yilning mart oyida Xoʻjand shahrining 2520 yilligini nishonlash sharafiga tashrif buyuruvchilar uchun ochilgan[5].

2013-yilda muzeyga 30 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Tashrif buyuruvchilar umumiy sonidan 2000 dan ortigʻini xorijlik sayyohlar tashkil etgan[4].

Globus va Temur Malik haykali
Globus va Temur Malik haykali

Muzey eksponatlari soni 28 mingdan ortiqni tashkil etadi[5]. Koʻrgazmada Sugʻd viloyati tarixiga oid eksponatlar, jumladan, tojiklarning kamyob qoʻlda ishlangan gilamlari, tojik kashtalari va liboslari keng oʻrin olgan. Oʻtmishga uzoqroq nazar tashlaydigan boʻlsak, tarixdan oldingi hayotning dioramalari, shu yaqin atrofda oʻzining eng chekka shaharlarini barpo etgan Aleksandr Makedonskiy hayoti tasvirlangan zamonaviy marmar mozaikalar hamda 1219- va 1220-yilda moʻgʻullar bosqiniga qarshilik koʻrsatganligi bilan mashhur Temur Malik haykalini koʻrish mumkin[6]. Tojik xalqi qahramoni Temur Malik haykali yosh va isteʼdodli haykaltarosh, Kamol Xoʻjandiy nomidagi Davlat mukofoti laureati Davronjon Rahmatov tomonidan balandligi 3,5 metr, 4 tonna bronza metalldan foydalangan holda yaratilgan[7].

  1. „Historical Museum of Sughd“. 2021-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  2. „Khujand Fortress“. 2022-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  3. Raximov N. T. Iz istorii kraevedeniya v Tadjikistane:A. V. Uels – perviy direktor kraevedcheskogo muzeya Severnogo Tadjikistana / N. T. Raximov // Kraevedenie kak fenomen provinsialnoy kulturi : Materiali Vserossiyskoy nauchno-prakticheskoy konferensii, posvyaщennoy 125-letiyu so dnya rojdeniya Andreya Fedorovicha Palashenkova (1886-1971), Omsk, 27–29 oktyabrya 2011 goda. – Omsk: Byudjetnoe uchrejdenie kulturi Omskoy oblasti „Omskiy gosudarstvenniy istoriko-kraevedcheskiy muzey“, 2011. – S. 481-488. – EDN XYFPCX.
  4. 4,0 4,1 „Осорхонаи таърихии вилояти Суғд“. 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  5. 5,0 5,1 Istoricheskiy muzey Sogdiyskoy oblasti (Wayback Machine saytida 2023-07-08 sanasida arxivlangan) // MAE RAN.
  6. „Historical Museum of Sughd Region“. 2021-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  7. „Боғи ба номи Камоли Хуҷандӣ бояд фароғатгоҳи ҳақиқӣ бошад“. 2022-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  • Осорхонаҳои Тоҷикистон дар даврони истиқлол: Феҳристи адабиёт. Душ.: Бухоро, 2013.