Sugʻurta qoplamasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sugʻurta qoplamasi, sugʻurta puli — sugʻurta hodisasi roʻy berganda sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta kompaniyasi tomonidan sugʻurtalanuvchiga toʻlanadigan pul mablagʻlari. Qoidaga koʻra, Sugʻurta qoplamasi miqdori koʻrilgan zarar miqdoridan oshib ketmasligi lozim. Sugʻurta qoplamasi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurta summasi doirasida toʻlanadi. Sugʻurta hodisasi roʻy berganda sugʻurtalanuvchi tezda bu haqda sugʻurta kompaniyasiga xabar berishi zarur. Tegishli xabar olinishi bilanoq, sugʻurta kompaniyasi vakili sugʻurtalanuvchi ishtirokida (zaruriyat boʻlganda boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etgan holda) sugʻurta hodisasi yuz berganlik sabablarini oʻrganadi va koʻrilgan zarar miqdorini aniklaydi. Sugʻurta hodisasi roʻy berish sabablari va koʻrilgan zarar miqdori sugʻurta dalolatnomasida oʻz aksini topadi. Sugʻurta dalolatnomasi sugʻurta kompaniyasi tomonidan sugʻurtalanuvchiga sugʻurta qoplamasini toʻlash uchun asos boʻladi (qarang Sugʻurta).