Sudyalarning mustaqilligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sudyalarning mustaqilligi (OʻzRda) — odil sudlovns faqat qonunga boʻysunib amalga oshirishni taʼminlashga qaratilgan demokratik huquqiy davlatga xos prinsip. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112moddasida Sm. alohida taʼkidlangan. Sud faoliyatiga biror tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi. Sm. sudyaning daxleizligini ham taqozo qiladi. Daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, xat yozishlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga ham tegishlidir. Sudya va uning oilasining xavfeizligi alohida taʼminlanadi. Davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan talab va farmoyishlarini soʻzsiz bajarishlari shart.

Sudyadan muayyan sud ishlarining mohiyati boʻyicha bironbir tushuntirishlar berishni, shuningdek, qonunda koʻrsatilgan hollardan tashqari, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi. Sm.ga rahna solmaslik uchun sudyalar odil sudlovning obroʻsini, sudyalik qadrqimmatini tushirish yoki sudyaning xolisligiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan har qanday xattiharakatlardan oʻzini tiyishi shart.

Sudyaning vakolat muddatini bu muddat tugagunga qadar toʻxtatishga va tugatishga faqat qonunda koʻrsatilgan hollarda hamda tartibda yoʻl qoʻyiladi. Sudyaga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori haqli. Sudyani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortish va hibsga olish mumkin emas ("Sudlar toʻgʻrisida"gi Qonunning 60—74moddalari).