Sudanliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sudanliklar (Sudan arablar i) — xalq, Sudanning asosiy aholisi (13 mln. kishiga yakin). Shuningdek, Chad (1,29 mln. kishi) va boshqa mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni 14,3 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari). Dindorlari — sunniy musulmonlar. Sudanga arablar 7-asr oʻrtalari — 9-asrlarda Misrdan va Qizil dengiz orqali Arabistondan kelishgan. 9— 10-asrlarda ularni afrikaliklar bilan aralashuvidan arabsudan qabilalari vujudga kelgan. Ushbu qabilalar va boshqa kabila ittifoklari 1820-yil Misr tomonidan boʻysundirilib rasman Usmonli turk imperiyasiga qoʻshib olingan. Yevropaliklar, turklar, cherkaslar, misrliklarni efiopiyalik va jan. sudanlik choʻrilar bilan aralashuvidan arab tilida soʻzlashuvchi shahar aholisi paydo boʻlgan. S. dehqonchilik (paxta), chorvachilik bilan shugʻullanadi.