Sud tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sud tizimi — muayyan davlatdagi barcha sudlarning yigʻindisi; ular umumiy vazifani bajaradi, odil sudlovni amalga oshirishga doir munosabatlar bilan oʻzaro bogʻlangan boʻladi. St. boʻgʻinlarining har qaysisi vakolatlari bir xilda boʻlgan sudlardan tashkil topadi. Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagi sudlardan tashkil topgan: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari; fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va Toshkent sh. sudlari; fuqarolik ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari; jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari; harbiy sudlar; Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi; viloyat va Toshkent sh. xoʻjalik sudlari (Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonunining 1moddasi). Oʻzbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.