Sud plenumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sud plenumi (OʻzRda) - sudyalardan iborat tarkibdagi sud tuzilmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudida mavjud eng yuqori sud instansiyalari. Ularning tarkibiga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlarining va xoʻjalik sudlarining raislari ham kiradi. SP. majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori katnashadi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Adliya vaziri va Ilmiymaslahat kengashi aʼzolari ishtirok etishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudida bir yilda 2 marta chaqiriladi va SP. aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli boʻladi.

S.P.: ishlarni nazorat tartibida koʻradi, sud amaliyotini muhokama qiladi va qonunlarni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi, shuningdek, tegishincha Oliy sudga Oliy xoʻjalik sudi huzuridagi Ilmiymaslahat kengashlarining tarkibini hamda matbuot organining tahrir hayʼatini saylaydi; SP. va Rayosati reglamentlarini tasdiqlaydi; bir qancha boshqa tashkiliy masalalarni koʻradi. S.P.ning qonunlarni qoʻllash masalalari boʻyicha bergan tushuntirishlari barcha sudlar, qonunni qoʻllayotgan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir (Oʻzbekiston Respublikasi "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonunining 15—22, 45—49moddalari). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi odil sudlov faoliyatiga oid muhim masalalarni qoʻshma majlislarida koʻradi. Mac, 1996 y. 20 dek.da "Sud hokimiyati toʻgʻrisida" qoʻshma qaror chiqarilgan.

Gʻafur Abdumajidov.