Sud muhokamasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sud muhokamasi (OʻzRda) - sud majlislarida muayyan ishlarni koʻrish va hal qilish. Sud muhokamasini sud majlisida raislik qiluvchi tashkil qiladi, unda koʻriladigan masala doirasini belgilaydi, ishtirok etuvchilarni taklif etadi, ularga xuquq va majburiyatlarini tushuntiradi va taʼminlaydi, daʼvogar, javobgar, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqalarning talablari, eʼtirozlari, fikrmulohazalari eʼtiborga olinishini va dalillarning tekshirilishini taʼminlaydi. Sm. baʼzan yshni boshqa sudga yoki huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlariga, jamoat birlashmalariga yuborish bilan ham tugallanadi. Sud muhokamasi xolisona, sinchkovlik bilan, muhokama qatnashchilarining erkin faolligi va tashabbuskorligi ruhida oʻtkazilishi lozim. Sud muhokamasi oʻtkazish tartibi protsessual qonunlarda batafsil bayon etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi FPK, 162—202 moddalar; Oʻzbekiston Respublikasi XPK, 125—134moddalar; Oʻzbekiston Respublikasi JPK, 406—427moddalar).