Subutoy Dolimov
Usmonbek (Subutoybek) Dolimovich Dolimov (1907.23.1 - Toshkent — 1991.24.5) — adabiyotshunos-pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1939). Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, shoʻba mudiri (1943—1957). Toshkent Davlat Universitetida oʻqituvchi (1957—1962), dotsent (1963-yildan). Oliy va oʻrta maktablar uchun darslik ("Vatan adabiyoti", 1965) va uslubiy qoʻllanmalar ("Oʻzbek adabiyoti tarixini oʻqitish metodikasi", 1976; "Adabiyot oʻqitish metodikasi", 1978) muallifi. Ogahiy (Gʻ. Karimov bilan hamkorlikda), Almaiy, Lutfiy ("Gul va Navroʻz"), Gulxaniy ("Zarbul-masal") asarlarini, folklorga oid "Keng uyning kelinchagi"ni (1976) nashrga tayyorlagan. "Qobusnoma"ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan (1986).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Umr saboqlari, T., 1982.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |