Substrat (tilshunoslik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Substrat (tilshunoslikda) — muayyan bir lingvogeografik hududda tarqalgan tilda barcha til sathlariga mansub belgi va hodisalarning majmui. Bu belgi va hodisalar kelib chiqishiga koʻra avval shu hududda mavjud boʻlib, keyin yoʻqolib ketgan tilga tegishli boʻladi, boshqacha aytganda, S. magʻlub tilning gʻolib tilda qoldirgan izlari. Mas, rumin tilining dak Si — daklarning yoʻqolib ketgan tilining izlari. S. manbai gʻolib tilga qarindosh boʻlishi ham, qarindosh boʻlmasligi ham mumkin. S.ni u bilan yondosh hodisalar — adstrat (kelgindilar tili taʼsiri ostida mahalliy aholi tilida hosil boʻlgan til hodisalari; begona tilning mahalliy tilga taʼsiri bilan bogʻliq ikki tillilik koʻrinishi) va superstrat (lot. superstratum — "ustki qatlam, qavat" — muayyan bir lingvogeografik hududda tarqalgan tildagi lisoniy belgi va hodisalar majmui boʻlib, ular mahalliy tilga singib yoʻqolib ketgan kelgindilar tilining izlaridir) hodisalaridan farqlash kerak.