Substitutsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Substitutsiya (lot. substituo oʻrniga qoʻyaman, oʻrniga almashtiraman) — vasiyatda oʻrinbosar merosxoʻr (substitut)ning tayinlanishi. Vorislik huquqida meros qoldiruvchining vasiyatnomasida meros ochilguncha asosiy merosxoʻrning vafot etib qolishi yoki uni qabul qilmasligi eqtimolini hisobga olib, qoʻshimcha merosxoʻr koʻrsatiladi. Asosiy merosxoʻr qonunda nazarda tutilgan sabablarga koʻra merosdan mahrum etilgan holatlarda ham vorislikka substitut chaqiriladi. Substitut sifatida, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga koʻra, merosxoʻrlar qatoriga kirishkirmasligidan qatʼi nazar, har qanday shaxs tayinlanishi mumkin.

Xalqaro huquqda davlatlarning moddiy javobgarligi shakllaridan biri, restitutsiyaning bir koʻrinishi; qonunga xilof ravishda yoʻq qilingan yoki zarar yetkazilgan mulkni, shu jumladan, binolar, transport vositalari, sanʼat boyliklari, xususiy mulkni teng qiymatli boshqa mulk bilan almashtirishdan iborat.