Sublitoral

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sublitoral (sub... va litoral) — okean va dengizlar tubining litoraldan bevosita pastrokda joylashgan qirgʻoq boʻyi qismi. Suv kaytgandan keyingi suv sathidan suv osti oʻsimliklari oʻsadigan eng pastki chegara (batial)gacha choʻzilgan. Suv havzasining tabiiy sharoitiga qarab S.ning kuyi chegarasi 40 m dan 150 m gacha chukurlikda yotadi. S. eni 10 yoki 100 m dan (Krra, Bering , Oxota dengizlari) to 1500—2000 m gacha (Barens dengizi). S. dagi oʻsimliklar qoʻngʻir, kizil va koʻk suvoʻtlardan, hayvonot dunyosi mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ninaterililardan iborat. S. zonasidan umurtkasizlar ovlanadi. Ustritsasi, krablar, Uzoq Sharq dengizlarida — goloturiyalar muhim ahamiyatga ega. Treska, piksha, kambala ham ovlanadi, dengiz karami yigʻib olinadi.