Sublimatsiya (psixologiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sublimatsiya (psixologiyada) — shahvoniy quvvatning ijtimoiy foydali yuksak maqsad va obʼyektlarga yoʻnaltirilishi, koʻchirilishi. "S." tushunchasini Freyd oʻzining psixoanaliz nazariyasida ilgari surgan (1900). Ushbu taʼlimotga koʻra, jamiyatda aksariyat odamlarning hayoti va kamoloti davomida ularning tabiiy moyillik quvvati mehnat faoliyatiga, aqliy hamda ijodiy faoliyatga qaratiladi, sarf etiladi. Bunda S. psixologik himoyani taʼminlovchi omil sifatida qatnashadi. Jamiyat va shaxsga mutanosib psixikaning irsiy koʻrinishlarini uzatish yoʻli bilan nizoli vaziyatdagi jiddiylik, zoʻriqishni kamaytirish hodisasi uning vazifasi hisoblanadi. S. masalalariga bolalar psixologiyasi, ijod psixologiyasida muhim ahamiyat beriladi. Ijtimoiy psixologiyada uni shaxs sotsializatsiyasi jarayoni bilan bogʻlaydilar. S. toʻgʻrisidagi tasavvurlar psixikaning biologik talqinini aks ettiradi.