Subirrigatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Subirrigatsiya (sub... va irrigatsiya) — tuproq ostidan sugʻorish turi; grunt suvlari satxini sunʼiy koʻtarish yoʻli bilan tuproqning oʻsimlik ildizi tapqalgan qismini namlashga erishiladi. S. ni faqat komektordrenaj tarmogʻi qurilgan gidromorf va yarim gidromorf tuproklardagina qoʻllash mumkin. Ochiq zovurlarda toʻgʻon solish, yopiq drenajda gidrantlarni berkitish, shuningdek, ularni sugʻorish suvi bilan toʻldirib grunt suvlari sathi koʻtariladi. Mac, Xorazm vohasida S. may oyi oʻrtalarida, ekinlar hali yosh boʻlib, odsiy usulda egatlar orqali suv berish uchun egat ochish qiyin boʻlgan davrda amalga oshiriladi. Fargʻona vodiysida sugorish tarmoqdarining etagida joylashgan xoʻjaliklarda avg . oyida suv tanqisligi sezilganda, shuningdek, yuzalatib suv berish sonini kamaytirishda S. dan foydalaniladi.