Subantarktika mintaqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Subantarktika mintaqasi - Jan. yarim shardagi geografik mintaqa, shim.da moʻʼtadil va jan.da antarktika mintaqalari orasida, 58°—60° va 65°— 67° j.k.liklar oraligʻida joylashgan. Asosan, okeanlarga toʻgʻri keladi. Iklimi sovuq, havoning oʻrtacha temperaturasi qishda —5° dan —15° gacha, yezda 0—2°; shamolli, tumanli kunlar koʻp. Qishda suv yuzasi muzlaydi. Yogin miqdori 500 mm. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi.