Strixnin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Strixnin (Strychninum), C21H22N2O2 — kuchala urugidan olinadigan alkaloid. Mol. m. 334,42. Suyuqlanish temperaturasi 282°, qaynash temperaturasi 270°. 1818 yilda fransuz kimyogarlari P.J.Peltye va J. B.Kavantu kashf qilganlar. S.ning tuzilishini ingliz kimyogari R.Robinson 1946 yilda aniklagan, amerikalik kimyogar R.B.Vudvord 1954 y. S.ning toʻliq sintezini ishlab chiqqan. S. murakkab politsiklik birikmadir, zaharli; zararli hayvonlarni qirishda ishlatiladi. Tibbiyot amaliyotida S. nitrat qoʻllanadi. Markaziy nerv sistemasini qoʻzgʻatadi, ayniqsa, orqa miya faoliyatini kuchaytiradi, katta dozalari tetanik talvasaga olib boradi; koʻrish, eshitish, taʼm bilish sezgilarini faollantiradi; tomirlarni harakatlantiruvchi markaz va nafas markazini qoʻzgʻatadi. Skelet muskullarini taranglashtiradi, parez va falajlarda nerv sistemasi funksiyasini normallashtiradi.