Streisand samarasi
Streisand samarasi deb biror axborotni yashirishga urinib, lekin oqibatda oʻsha axborotning keng ommaga maʼlum boʻlishi fenomeniga aytiladi. Samara uyining fotosuratini internetdan mahkama qarori orqali olib tashlashga uringan Barbra Streisand sharafiga shunday nomlangan[1][2]. Mahkama OAV da shov-shuvga sabab boʻlib, Streisand uyining suratlari boshqa veb-saytlarga tarqab ketadi.
Streisand samarasiga misol qilib yana 2007-yili Tailand qiroli Bhumibol Adulyadejni parodiya qiluvchi videolar, 2008-yili Vikipediyaning Virgin Killer maqolasi, 2009-yili Horizon shirkatining uni tanqid qiluvchi Twitter foydalanuvchisining xabari, 2010-yili avstraliyalik aborigen Steven Hodder-Wattsning Encyclopedia Dramaticani ban qilish harakatlarini olish mumkin.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |