Stratigrafik zona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Stratigrafik zona (xronozona) — umumiy stratigrafik shkalaning bir qismi, yarusgg tobe. Oʻzidan yuqori va pastki yotqiziqlarda qaytarilmaydigan qazilma organizmlar qrldiklarining oʻziga xos komplekslari qatlamlarini oʻz ichiga oladi. "Stratigrafik zona" nomi shu kompleksning eng harakterli bitta yoki ikkita turiga qarab beriladi. Stratigrafik zonaning baʼzilari bir necha kontinentlarda ajralgan va planetar miqyosga ega. Stratigrafik zonalar ordovik va silurda graptolitlar, mezozoyda ammonitlar, bur, paleogen va neogenda plankton foraminifera va nanoplanktonlar boʻyicha ajratilgan.