Stratifikatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Stratifikatsiya (lot. stratum toʻshama, qatlam, va facio — bajaraman) — 1) oʻsimliklar urugʻ (danak) lari unib chiqishini tezlashtirish uchun nam muhitda saqlash, urugʻlarga ekishdan oldin ishlov berish usuli. Asosan, mevali, manzarali, oʻrmon daraxtlari, butalari, ayrim dorivor oʻsimliklar urugʻlari (danaklari) uchun qoʻllaniladi. S. uchun qum, qipiq, torf uvoqlari va boshqa ishlatiladi. Maxsus chuqur yoki yashiklarda urugʻ (danak) lar nam qum bilan aralashtirilib 3—5° haroratda saqlanadi. Olma va nok urugʻlari 120—130, yongʻoq, pista va bodom 45—60, behi urugʻi 60—70, shaftoli va oʻrik danagi 90—100, togʻolcha danagi 150— 200, olcha va gilos danagi 200—250 kun S. qilinadi. Olma, nok, behi, bodom, yongʻoq va boshqa meva urugʻlari okt.—noyab.da ekilganda, bahorgacha S. davrini yerda oʻtkazib, yaxshi unib chiqishi ham mumkin. Togʻolcha, olcha, gilos va boshqa mevali daraxt danaklari esa S. davrini toʻliq oʻtkazishi uchun mevadan ajratilgach, qumlanib, kuzgacha saqlanadi; 2) atmosferadagi muvozanat shartlarini belgilovchi havo temperaturasining vertikal boʻyicha taqsimlanishi; havoning vertikal siljishi ortishiga yoki kamayishiga yordam beradi. Noturgʻun S.da balandlik oshishi bilan tra pasayadi, bu atmosfera konvensiyasiga imkon beradi.