Strasburg (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Strasburg, Strasbur — Fransiyaning sharqiy qismidagi shahar, Il daryosining Reyn daryosiga quyilish yerida joylashgan. Elzasning tarixiy poytaxti. Quyi Reyn departamentining maʼmuriy markazi. Axoliyey 267 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Dare porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, oziqovqat, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. universitet, konservatoriya, muzeylar bor. S. keltlar qishlogʻi oʻrnida bunyodga kelgan. S. nomi bilan 6-asrdan maʼlum. 925 yildan Germaniya qirolligi tarkibida. Oʻrta asrlarda yirik sanoat markazi boʻlgan. 1681 yildan Fransiya tarkibiga kirgan. 1871— 1919 yillarda Germaniya tarkibidagi ElzasLotaringiya imperiya yerining markazi edi. Versal sulh shartnomasiga koʻra, 1919 yilda Franpiyaga qaytarilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor (11—16-asrlar), gotika cherkovi (13— 14-asrlar), yepiskop saroyi (1722—28), ratusha (1730), Roganov saroyi (1732— 42) va boshqa saqlangan.