Stolbur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Stolbur — ituzumdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar va ayrim begona oʻtlarda uchraydigan virusli kasallik. Oʻzbekistonda S. bilan koʻproq pomidor, baklajon, shirin qalampir, kartoshka ekinlari kasallanadi. Kasallikka chalingan oʻsimliklarning novdalari uchidagi barglari oqaradi, buralib, oʻsishdan orqada qoladi, gul otaliklari quriydi, onaliklari rivojlanmaydi, mevasi qattiqlashadi, bemaza, qisman oqish etli boʻlib qoladi. S.ni qoʻypechak, bangidevona, ituzum va boshqa oʻtlar ildizlarida qishlab chiqadigan sikada lichinkalari tarqatadi. Kurash choralari: begona oʻtlarni yoʻqotish va sikadalarga qarshi kurash; koʻchatlarni maqbul muddatlarda va qalinroq ekish; qator oralarini mulchalash, S.ga chidamli navlarni ekish va boshqa