Steviya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Steviya (Stevia rebaudiana Bext.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik. Vatani — Paragvay. Yaponiya, Xitoy, Indoneziya, Bolgariya vab. mamlakatlarda oʻstiriladi. Boʻyi 1,5 m ga boradi. Barglari yirik, uz. 4—7 sm, qaramaqarshi joylashgan, tukli. Qisqa kun oʻsimligi, kuzda gullaydi. Issiklikka va namga talabchan subtropik ekin. S. bargida (6,0%—6,5%), poyasida (1,5%) va ildizida (0,6%) shirinligi saharozaga nisbatan 150—300 barobar yuqori boʻlgan kimmatbaho steviozid moddasi bor.

Steviozid konditer sanoatida, salqin ichimliklar, sharbat, saqich, har xil shirinliklar va konservalar tayyorlashda shakar oʻrnida keng miqyosda ishlatiladi, undan doridarmon sifatida, qand diabeti kasalligiga va modda almashinuvi buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Uni urugʻidan koʻpaytirishga nisbatan qish faslida issiqxonada, yozda esa bevosita dalaning oʻzida qalamchalaridan koʻpaytirish oson. Qalamcha koʻchatlari aprelning 2-yarmida, tuproq harorati 14—15° boʻlganda 60x25—40, 70x25 — 30 va 90x15—20 sm sxemada namlangan pushtaga ekiladi. Bahorda va kuzda xdr 10 —12 kunda, yozda 6—8 kunda sutorilib turiladi. Qator oralari oʻsuv davrida 4—5 marta kultivatsiya qilinadi.

Sning hosili koʻk bargpoya boʻlib, vegetatsiya davrida 2 marta — iyun va okt. oylarida shonalagan davrida oʻrib olinadi. Quruq barg boʻyicha hosildorligi 6—25 s/ga. Sanoatda qayta ishlanib, steviziod moddasi olinadi.

1986 y. S. urugʻi va koʻchati Oʻzbekistonga Paragvaydan olib kelingan. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik i.t. institutida 1987—88 yillarda oʻsimlikning biologiyasi va uni koʻpaytirish usullari oʻrganiladi. Sning Shirin va Shakarbarg navlari yaratidsi (1994) va Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekish uchun Davlat reyestriga kiritiddi.

Adabiyot[tahrir]

  • Kim Yu. M., Steviya — novaya saharonosnaya kultura. Sb. "Ispolzovaniya mirovoʻx kolleksiy rastitelnix resursov dlya sozdaniya sortov intensivnogo tipa v usloviyax Sredney Azii", T., 1991.

Botir Azimov.