Sterlyad
Qiyofa
Sterlyad (Acipenser ruthenus) — osyotrsimonlar oilasiga mansub baliq. Uzunligi 65—125 sm, vazni 1,5 dan 16 kg gacha. Kaspiy, Boltiq, Oq, Barens va Kora dengiz havzasidagi daryolarda tarqalgan. Erkagi 3—7 yilda, urgʻochisi 5—12 yilda jinsiy yetiladi. 1—2 yilda bir marta, bahorda 4 mingdan 137 mingtagacha uviddiriq tashlaydi. Qishda chuqurchalarga kirib oladi. Umurtqasizlar, ularning lichinkalari va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. Hovuz va koʻllarda koʻpaytiriladi. Ovlanadi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |