Sterilizatsiya (oziq-ovqat sanoati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sterilizatsiya — oziq-ovqat sanoatida — konservalash usuli, mikroorganizmlar va ularning sporalarini yoʻqotish, shuningdek, uzoq, muddat saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarida fermentlar taʼsirini toʻxtatishdan iborat. Issiq va sovuq sterilizatsiya bor. Issiq, sterilizatsiya maxsus moslamalar — sterilizatorlar (mas, avtoklavlarda) mahsulotlarni 100— 120°C gacha qizdirish yoʻli bilan, sovuq sterilizatsiya mahsulotlarga, mas, radioaktiv moddalarning ionlovchi nurlarini taʼsir ettirish orqali bajariladi. Sterilizatsiya konservalar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.