Kontent qismiga oʻtish

Stereopolina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stereopolina
Моргунова Карина Наилевна
Tavalludi Абдулкаюмова Карина Наилевна
5-may 1995-yil
Janrlar synth-pop, synthwave, electroclash va Post-Punk
Kasbi qoʻshiqchi, bastakor, prodyuser
Faoliyat yillari 2018-hozirgacha
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Veb-sayt https://bnd.lc/stereopolina

Stereopolina (haqiqiy ismi – Morgunova Karina Nailevna, 1995-yil 5-may, Qozon) – sint-pop, sint-veyv, post-pank, elektroklesh janrlarida ijod qiladigan rossiyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. VK fest[1], Motherland[2], Moscow Music Week[3], XX Moscow Synthetic Snow Festival[4] kabi musiqa festivallari ishtirokchisi.

Karina 1995-yil 5-mayda Qozonda tugʻilgan.

2001-yilda olti yoshida Qozondagi 28-musiqa maktabiga fortepiano sinfiga oʻqishga kirdi. Qizning oilasining sanʼatga aloqasi yoʻq. Oʻsmirlik davrida u bas gitara chalgan folk-metal guruhining aʼzosi boʻldi[5].

Umumiy oʻrta taʼlim maktabini tugatgach, Qozon davlat madaniyat institutining „Kino va televideniye“ fakultetiga oʻqishga kirdi.

Institutda oʻqish bilan bir qatorda Qozonning Buloqdagi Yoshlar teatrida bosh ovoz rejissyori boʻlib ishlay boshladi. Karina beshinchi kurs talabasi boʻlganida Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtgunga qadar ishlagan.

2018-yil avgust oyida uning debyut albomi „Sumerechnaya zona“[6] chiqdi. 2018-yil oktyabr oyida Sankt-Peterburgdagi „Molchat doma“ guruhining „Etaji“ albomining taqdimotida chiqish qildi.

2020-yil yanvar oyida oʻzining karyerasi uchun muhim boʻlgan „Institut kulturi i otdixa“[7] nomli ikkinchi albomini chiqardi. Ushbu albomdan boshlab qoʻshiqchi sintipop va retroveyv janrlarida ishlay boshladi. Albom yil oxirida bir nechta toplarga kiritildi, xususan: „Noj“ jurnali[8] va „National Public Radio“[9].

2020-yilda „Poslednee svidanie“ qoʻshigʻining klipi chiqdi, u MTV telekanalida „12 zlobnix zriteley“[10] va Berlin Music Video Awardsda „Silver Screening“ tanloviga kiritilgan[11].

2022-yil fevral oyida Berlin Music Video Awards mukofotiga „Best Narrative“ nominatsiyasida nomzod boʻlgan „Solnechniy malchik“[12] qoʻshigʻining klipi chiqdi[13][14].

2023-yilda „Kaleydoskop“ qoʻshigʻi „Pleylist volontyora“ serialiga kiritilgan. Shuningdek, bu yil Stereopolina „Pishebloka“ ning ikkinchi mavsumi uchun saundtrek yozdi, qoʻshiq „Ya sam ne svoy“ deb nomlandi[15].

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiyaviy albomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Sumerechnaya zona“ (2018)
  • „Institut kulturi i otdixa“ (2020)[16]
  • „Superlunie“ (2021)[17]
  • „Pesni dlya xoroshego nastroeniya“ (2024)

Mini-albomlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Yad“ (2018)
  • „Avgust“ (2019)
  • „Gosti bez budushego“ (2022)[18]
  • „Instrumental“ (2020)
  • „Speed Up & Slow“ (Remix) (2023)
  • „Je suis riche“ feat. Nikita Sokolov (2018)
  • „Nemoe kino“ (2019)
  • „Solnechniy malchik“ (2020)
  • „Ya xochu domoy“ (2023)
  • „Ya sam ne svoy“ (OST Piщeblok 2) (2023)
  • „Plastilin“ (2024)
  • „Ne boysya“ (2024)
  • „Yeshyo gromche!“ (Tarakani! tribyut) (2021)
  • „Mi vishli iz Kino 2“ (Kino, tribyut) (2022)
  • „Kolibri“, tribyut (2023)
  1. TimeOut Стереополина, певица и саундпродюсер: «Я музыкальный фанатик с малых лет»“. 2023-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  2. Большой Город Motherland — почти единственный московский фестиваль, переживший коронавирус и февраль 2022-го“. 2023-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  3. ALLFEST.RU Moscow Music Week 2021: участники фестиваля“. 2023-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  4. RockGig Moscow Synthetic Snow Festival XX“. 2023-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  5. „Стереополина: «В современном мейнстриме не хватает искренности»“ (ru). Правила жизни. 2023-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  6. Enter «Стереополина» — о новом альбоме и съемках клипа в Мергасовском доме“. 2023-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  7. Flow Стереополина "Институт культуры и отдыха"“. 2023-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  8. Нож Сказочная колбаса хитов: 10 лучших русскоязычных поп-альбомов 2020 года“. 2023-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  9. npr Viking's Choice 2020: The Year In Loud, Weird And Wonderful“. 2023-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  10. Foxtime 29 октября выйдет новый альбом "Суперлуние" синти-поп проекта "Стереополина"“. 2023-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-mart.
  11. Silver Screenings Selection 2021. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-mart.
  12. „WL//WH Track Of The Day: СТЕРЕОПОЛИНА [Stereopolina “Солнечный мальчик / Sunny Boy”“] (en-GB). WhiteLight//WhiteHeat (2020-yil 26-sentyabr). 2023-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  13. Nominees 2022. 2022-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  14. Enter Клип Стереополины на трек «Солнечный мальчик» стал номинантом Berlin Music Video Awards“. 2023-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-mart.
  15. Plugged In Песни из 2 сезона сериала «Пищеблок» - вся музыка“. 2023-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
  16. „Новая Граймс, «Институт культуры и отдыха» и семь смертных грехов: годная попса февраля“ (ru-RU). Нож. 2023-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  17. Кармунин, Олег. „Обнови плейлист: 5 музыкальных новинок от критика Олега Кармунина #16“ (ru). 2023-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  18. „Рецензия: «Стереополина» - «Гости без будущего». Многоликий синтипоп“ (ru). www.intermedia.ru (2022-yil 27-noyabr). 2023-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.