Stepan Tigranovich Badalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Stepan Tigranovich Badalov (1919.26.8) – mineralog va geokimyogar. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977). Geologiya va mineralogiya fanlari doktori (1962), professor (1968), Oʻrta Osiyo industrial institutini tugatgan. 1946 yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Geol. va geofizika institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1964 – 87), yetakchi ilmiy xodim (1987 – 96) va bosh ilmiy xodim (1997 yildan). Urush qatnashchisi (1941 – 45). Badalovning ilmiy ishlari Oʻzbekistonda elementlar geokimyosi, ruda hosil qiluvchi tizimlarda elementlarning namoyon boʻlish xususiyatlarini oʻrganishga hamda reniy va osmiyning provinsiyalarini aniqlashga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil