Stepan Badalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Stepan Tigranovich Badalov (1919.26.8 – 2014.17.7) – mineralog va geokimyogar. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977). Geologiya va mineralogiya fanlari doktori (1962), professor (1968), Oʻrta Osiyo industrial institutini tugatgan. 1946-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Geol. va geofizika institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1964 – 87), yetakchi ilmiy xodim (1987 – 96) va bosh ilmiy xodim (1997-yildan). Urush qatnashchisi (1941 – 45). Badalovning ilmiy ishlari Oʻzbekistonda elementlar geokimyosi, ruda hosil qiluvchi tizimlarda elementlarning namoyon boʻlish xususiyatlarini oʻrganishga hamda reniy va osmiyning provinsiyalarini aniqlashga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil