Kontent qismiga oʻtish

Stelios Migiakis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stelios Mygiakis
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Yunoniston bayrogʻi Gretsiya
Tavallud sanasi 5-may 1952-yil (1952-05-05) (72 yosh)
Rethymno, Gretsiya
Boʻyi 1.67 m (5 ft 5 12 in)
Vazni 62 kg (137 lb)
Sport
Qaysi sport Yunon-rum kurashi

Stelios Migiakis (grekcha: Στυλιανός Μυγιάκης; 1952-yil 5-mayda tugʻilgan) — gretsiyalik sportchi. Sportning yunon-rum kurashi turi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. Olimpida oltin medalini qoʻlga kiritgan[1][2][3]. Kurash boʻyicha olimpiya chempioni boʻlgan birinchi gretsiyalik sportchi hisoblanadi. Migiakis, shuningdek, kurash boʻyicha Yevropa chempionati va Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida ham oltin medalni qoʻlga kiritgan. 1980-yilda Gretsiyada yilning eng yaxshi erkak sportchisi deb topilgan. 1971-yilda Stelios Gretsiya chempioni boʻlgan. Oʻsha yili birinchi marta yengil vazn toifasida Sofiyadagi jahon kubogida ishtirok etgan. Bu paytda Stelios 19 yoshda boʻlgan. Ikkita jangda ishtirok etgan va har ikkisida ham muddatidan oldin taslim boʻlishga majbur boʻlgan. 1972-yil Katovitseda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Stelios uchta jangda gʻalaba qazonib, yakunda oltinchi oʻrinni egallagan. 1972-yilda Münchenda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida ham uchta bahsda gʻalabani qoʻlga kiritgan (shu jumladan, musobaqa yetakchilaridan biri boʻlgan Jemal Megrelishvilini ham magʻlub eta olgan). Yakunda esa 7-oʻrinni egallagan.

1978-yilgacha olti yil davomida deyarli barcha Yevropa va jahon chempionatlarida qatnashgan. Ammo birorta ham medal qoʻlga kirita olmagan. Uning eng yaxshi natijalari: 1974-yilda Katowice shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 4-oʻrin, 1978-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan jahon championatida 5-oʻrin va 1975-yilda Ludwigshafen am Rhein shahrida boʻlgan Yevropa chempionatidagi 6-oʻrin. Barcha chempionatlarda Migiakis debyutanlar ustidan qiyinchiliksiz gʻalaba qozongan. Lekin sharqlik sportchilarga (Bolgariyalik Georgi Markov, Polshalik Kazimierz Lipień, SSSRdan Nelson Dawidjan, Boris Kramarenko va Vengriyadan László Réczi) hech qanday qarshilik koʻrsata olmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Profile: Stylianos "Stelios" Mygiakis“. sports-reference.com. 2009-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 4-mart.
  2. „Wrestling (Greco-Roman)“.
  3. „Μoscow 1980“.